Xozirda mamlakatimizda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali amalga oshirib kelinmoqda. Bu tizimni ishga tushirilishi kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar tayinlanishi borasida aholi uchun qator qulayliklar yaratildi.

Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4797-sonli qarori e’lon qilingan edi. Unda axborot tizimi orqali elektron ma’lumot almashuvi bilan davlat tomonidan aholiga ijtimoiy yordam berish hamda xizmatlar ko`rsatishning shaffofligi, adolatliligi ta’minlanishi belgilab berildi.Shu o`rinda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan shaxslar yoki oilalarga bepul yoki imtiyozli shartlarda bir qator ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko`rsatilishi belgilandi.

Xususan,

1.Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to`lovidan ozod etish

2.Maktabgacha ta’lim muassasalarida o`rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to`lovini to`lash.

  • Umumiy o`rta ta’lim maktablarida darsliklar ijara to`lovlaridan ozod etish.
  • Umumiy o`rta ta’lim maktablari o`quvchilari uchun qishki kiyim-bosh berish.
  • Ayrim fanlarni o`qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta maktablar o`quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish.
  • San’at maktablari, musiqa maktablari, «Barkamol avlod» markazlari va boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o`qish xarajatlaridan ozod etish.
  • Kam ta’minlangan oilalarning nogironligi bo`lgan a’zolarini protez — ortopediya moslamalari bilan ta’minlash.
  • Ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha yo`llanma (order) olish.

Ma’lumot o`rnida ta’kidlash lozimki, kelgusida "Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali yuqorida keltirilgan xizmatlardan boshqa ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar ham joriy etilishi mumkinligi belgilangan.

Xulosa sifatida shuni ta’kidlab o`tish lozimki, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi nafaqat ijtimoiy xizmatlar va yordamning manzilliligini oshirish imkoniyati, balki jahonda bo`lib o`tayotgan koronavirus pandemiyasi davrida aholining ehtiyojmand qismini qisqa muddatlarda aniqlash va ularni davlat tomonidan manzilli qo`llab-quvvatlashning shaffof va samarali instrumentlari bo`lib xizmat qiladi.

 

Pop tuman adliya bo`limi boshlig`i                  Azamat  Jo`rayev