Adliya bo'limlari Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida tumanimizning barcha olis hududlarida muntazam ravishda mobil xizmatlar ko'rsatilib, targ'ibot tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda.
2022-yil davomida adliya bo'limlari Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan tumanning bozor va savdo majmualarida sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilib, fuqarolarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari o'tkazilib borilmoqda. Tadbirlar davomida 450 dan ziyod davlat xizmatlari ko'rsatildi, 600 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ushbu tadbirlar davomida ishtirokchilarga xizmatlardan masofadan turib, yaʼni onlayn tartibda foydalanish borasida mahorat darslari ham oʻtkazilmoqda.
Shu bilan birga, soha xodimlari tomonidan fuqarolarga qonunchilikdagi va tizimdagi yangiliklar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.
Pop tumanida 2022 yil davomida “Siz kelmang biz boramiz” shiori ostida Pop tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumanning olis hududlarida mobil sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi. Davlat xizmatlari markazi va tuman Adliya bo‘limi xodimlari fuqarolarga sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan birga, davlatimiz va jamiyatimiz kelajagi uchun muhim bo‘lgan siyosiy jarayon Prezident saylovi bo‘yicha huquqiy maslahatlar ham berildi.
Pop tumani Madaniyat MFYda ham “Siz kelmang biz boramiz” aksiyasi o‘tkazildi. tuman Davlat xizmatlari markazi, Adliya bo’limi va FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan sayyor davlat xizmatlaridan fuqarolar unumli foydalandi. Tadbir davomida 70 nafarga yaqin aholiga huquqiy maslahatlar hamda saylov qonunchiligiga oid yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 20 ga yaqin aholi sayyor davlat xizmatlaridan foydalandi.
Pop tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 2022-yil 10-avgust kuni Yakkatut MFYda o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolarga 44 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. 50 ga yaqin fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.
Shuningdek, “Siz kelmang biz boramiz” shiori ostida muntazam haftaning payshanba va shanba kunlari Pop tumanining barcha dehqon bozorlari va aholi gavjum joylarida o‘tkazilib,aholini va tadbirkorlarni uzog’ini yaqin qilib,muammolarini hal qilinishida ijobiy natijalarga erishib kelinmoqda.
Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolar dardini eshitish va muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan Avtobus va «Damas»larda eng chekka hududlarga borib, keng qamrovli sayyor davlat xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlarning yana biri Pop tumanining chekka hududi sanalgan, viloyat markazidan 100 km, tuman markazidan esa 50 km uzoqlikda joylashgan Chodak qishlogʻi aholisi uchun tashkil etildi.
Mazkur jarayonda Chodak qishlogʻi aholisiga 100 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, ularning koʻpchiligini, gaz, elektr taʼminoti, kadastr xizmati hamda bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga joylashtirish, tug’ilganlik ma’lumotnomalarini olish, otalik belgilanganligi to’g’risidagi ma’lumotnomalarni olish va sudlanganlik to’g’risi ma’lumotnomalarni boshqa koʻplab masalalar murojaatlari qabul qilindi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga tegishli huquqiy maslahatlar berilib, davlat xizmatlari turlari, ulardan foydalanish tartibi, davlat xizmatlarini onlayn tarzda olish yuzasidan tushuntirishlar berilib, bu orqali aholi oʻrtasida elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini oshirish targʻib qilindi.
Bugun odamlarga yaqin boʻlish, tez, qulay va sifatli davlat xizmatlarini koʻrsatish Davlat xizmatlari markazi xodimlarining kundalik ish uslubiga aylanib ulgurdi. Aholining markazga kelishini kutmay, chekka va olis hududlarda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda.
Pop tumanidagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun 2022 yil 3-avgust kuni 50 chaqirim masofa bosib, tuman markaziga borishlariga toʻgʻri keladi. Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 12 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan qishloq aholisining uzogʻini yaqin qilish maqsadida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Qishloq aholisi bir qator yoʻnalishlar, jumladan, cuv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha navbatga qoʻyish uchun ariza berish, elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalandi. Shuningdek, sudlanganlik ma’lumotnomalarini olish, kadastr sohasidagi xizmatlar boʻyicha 15 dan ziyod sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti toʻgʻrisida ham keng qamrovli huquqiy maslahatlar berildi.
Navbatdagi sayyor xizmat joriy yilning 18 avgust kuni Pop tumani, Toshqo’rg’on mahallasida o’tkazildi. Mazkur mahalla koʻp millatli boʻlib, 5 ming 300 dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Aholiga yengillik va qulaylik yaratishni maqsad qilgan markaz xodimlari davlat xizmatlaridan uyda oʻtirib ham foydalanish mumkinligi, davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar va yaratilayotgan imtiyozlar haqida yigʻilganlarga tushuntirish olib bordi. Shundan soʻng, mahalla aholisiga davlat xizmatlari koʻrsatishga kirishildi. Sayyor xizmat davomida yurtdoshlarimiz farzandini davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha navbatga qoʻyish uchun ariza berish, kadastr pasportini shakllantirish, tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtish, soliqdan qarzi bor yoki yoʻqligi haqida maʼlumot olish kabi 30 ga yaqin davlat xizmatlari ko’rsatildi.
— Olis qishloq va mahallalarda yashaydigan aholi koʻpincha tuman markaziga borib davlat xizmatlaridan foydalanishga vaqti ham, imkoni ham boʻlmaydigan fuqarolarga bugun markaz xodimlari mahalladagi fuqarolarning uzogʻini yaqin, mushkulini oson qilishga yaqindan koʻmaklashildi. Kimdir farzandini bogʻchaga qoʻyishga ariza yozgan boʻlsa, kimdir yashab turgan uyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirdi. Shuningdek, sayyor xizmat davomida xizmatlarni markazlarga bormasdan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron tarzda olish ham targʻib qilindi. Mazkur portal orqali murojaat qilgan shaxslarga markazga shaxsan borib toʻlanadigan toʻlovga nisbatan kamroq toʻlash imkoniyati, yaʼni imtiyoz berish orqali qulayliklar yaratilganligi tushuntirildi. Bunday qulayliklardan samarali foydalanish esa fuqarolarimizning vaqti ham, mablagʻi ham tejalishiga xizmat qiladi. Qolaversa, davlat xizmatlari markazlaridagi navbat kutishlarning oldi olinadi.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish mumkinki, Pop tumanida shu kunga qadar aholiga 15 mingga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, shundan 450 ga yaqinini sayyor davlat xizmatlari tashkil etadi.
Pop tuman Adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
L.Alimov








