“Dehqon xo`jaliklari tashkil etishni qo`llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–373-son, 10.09.2022 y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va g`alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo`lgan yerlardan 2022 yil yakunigacha qo`shimcha 20 ming gektar – umumiy 100 ming gektar ekin maydonlari, 2023 yilda 95 169 gektar ekin maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.

 Bunda ekin maydonlari 30 yil muddatga:

 suv ta’minoti yaxshi bo`lgan yerlardan – Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha bo`lgan o`lchamlarda;

kam suvli yerlardan – viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha bo`lgan o`lchamlarda ijaraga beriladi.

2022–2023 yillarda ekin maydonlarini aholiga berish uchun o`tkaziladigan tanlovda 1 ta talabgor ishtirok etsa ham, istisno tariqasida, tanlov o`tkazilgan hisoblanadi.

Issiqxona rivojlangan tumanlarda dehqon xo`jaliklariga ajratib berilgan ekin maydonlarida isitish tizimlarini o`rnatmagan holda yengil konstruktsiyali issiqxonalar qurilishiga ruxsat beriladi.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xo`jaligini uchun yer tanlov orqali ijaraga berilganda, ular daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun barcha imtiyoz va preferentsiyalar bir yilga saqlab qolinadi.

 Pop tuman adliya bo`limi bosh maslahatchisi A.Qodirov