QONUNChILIKDAGI YaNGILIKLAR Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yig`imlar miqdori belgilandi Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig`imlar miqdorini belgilash, ularni to`lash va taqsimlash tartibi to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi (ro`yxat raqami 3388, 28.09.2022 y.) 📝 Nizomga ko`ra, O`zbekistonda mayning va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (maynerlar va xizmatlar provayderlari) tomonidan ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yig`imlar to`lanadi. 🔰Shunga ko`ra, yig`imlar BHMga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 🔹mayning faoliyati uchun – BHMning 10 baravari (3 mln so`m); 🔹xizmatlar provayderlari bo`yicha: ▫️kripto-birja faoliyati uchun – BHMning 400 baravari (120 mln so`m); ▫️mayning-pul faoliyati uchun – BHMning 100 baravari (30 mln so`m); ▫️kripto-depozitariy faoliyati uchun – BHMning 5 baravari (1,5 mln so`m); ▫️kripto-do`kon faoliyati uchun – BHMning 20 baravari (6 mln so`m). 🗓 Yig`imlar maynerlar va xizmatlar provayderlari tomonidan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran har oyda to`lanadi. Pop tuman adliya bo`limi