Янгиликлар
“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarni ishga olgan tadbirkorlarga ijara to`lovida yengillik beriladi
“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarni ishga olgan tadbirkorlarga ijara to`lovida yengillik beriladi
otin qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash, kasanachilikni rivojlantirish orqali oila byudjeti daromadlarini oshirish, uy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmat ko`rsatishni rivojlantirish orqali ish bilan band bo`lmagan xotin-qizlar sonini qisqartirish maqsadida joriy yilning 21-sentabrida O`zbekiston Respublikasi Przidentining PQ–376-son “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga ko`ra, 2022 yil 1 oktyabrdan kasanachiga zarur asbob-uskuna xarid qilish uchun tadbirkorlik subektlariga ajratiladigan subsidiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln so`mdan 4,5 mln so`mgacha) oshiriladi;
Oila va xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg`armasi mablag`lari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlar o`rtasida har yili bir marta har birining qiymati 50 million so`m bo`lgan loyihalar tanlovi o`tkaziladi;
“Ayollar daftari”dagi kamida 5 ta ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi;
Shuningdek, Qarori bilan ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo`lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlar davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to`lovidan 2027 yil 1 oktyabrgacha ozod etiladi.
Har bir tuman (shahar)da xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari huzurida lider kasanachilarni jalb etgan holda “maslahat soatlari” joriy etiladi.
Hududlarda kasanachilik orqali yangi ish o`rinlarini tashkil etgan tadbirkorliklar o`rtasida “Eng namunali tadbirkor” ko`rik-tanlovi o`tkaziladi.
Pop tuman adliya bo`limi








