TUMANDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN YIRIK TIJORATChI TAShKILOTLAR-YURIDIK SHAXSLAR DIQQATIGA !
(kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari)
Ctatistika organlariga (xar oyning yakuni bo‘yicha) taqdim etiladigan «Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida»gi 12-moliya shakli (oylik) davlat statistika hisobot shaklini, hisobot davridan keyingi oyning 18-sanasidan kechiktirmay, internet tarmog‘i vositasida, elektron shakldagi statistik hisobotlarni yig‘ishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi «eStat 4.0» dasturi orqali, elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.
Mazkur hisobot shaklini to‘ldirish va elektron shaklda taqdim etish bo‘yicha www.stat.uz; www.namstat.uz rasmiy caytlari yoki (69) 43-31-410 telefon raqamlari orqali batafsil tushuntirishlar olishingiz mumkin.
Pop tuman statistika bo‘limi.








