Qonunchilikka ko`ra, davlat ramzlari tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o`tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
Davlat bayrog`i, gerbi yoxud madhiyasi to`g`risidagi qonunchilikni buzish:
-fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (900 ming so`mgacha), mansabdor shaxslarga 3 baravaridan 7 baravarigacha (900 ming so`mdan 2,1 mln so`mgacha) miqdorda;
-Takroran sodir etiladigan bo`lsa:
- fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so`mdan 1,5 mln so`mgacha), mansabdor shaxslarga 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln so`mdan 3 mln so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
Shuningdek, Davlat bayrog`i, gerbi yoxud madhiyasiga hurmatsizlik qilish:
-BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so`mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.








