Namangan viloyat adliya boshqarmasi Pop tuman adliya bo'limiga 2023-yil 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.

  • Bo'limga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) ko'rib chiqish natijalari bo'yicha:

Jumladan, tuman adliya bo'limiga 2023-yil uch oyi davomida jami 49 ta (shundan 6 ta Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo'llash amaliyotiga oid, 40 ta inson huquqlarini himoya qilishga oid hamda 3 ta boshqa sohaga  oid) murojaatlar kelib tushdi.      

Kelib tushgan murojaatlarning 40 tasi hal etilib, shundan 30 ta murojaat, ya'ni ularning 0,75 foizi qanoatlantirildi.

Xususan, Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi murojaatlarning 0,75 foizi (30 ta) vajlar o'z tasdig'ini topganligi sababli qanoatlantirildi.

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida 6 ta taqdimnoma, sudlarga 2 588 808 768 so'mlik 21 ta ariza va da'vo arizalari, shuningdek tegishli idoralarga aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish bo'yicha 2 ta takliflar kiritildi.

Qo'llanilgan ta'sir choralari natijasida 2 955 188 mln. so'm pul mablag'lari qaytarildi.

Bo'lim tomonidan 2023-yil 1-choragi davomida 2 ta murojaat tegishligiga ko'ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborildi.

Kelib tushgan murojaatlarni 3 tasini ko'rib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, 16 tasi bevosita murojaat etgan fuqaro ishtirokida ko'rib chiqildi, shuningdek 4 tasi joyiga chiqib o'rganildi.

  • “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha:

Namangan viloyat adliya boshqarmasining “Ishonch telefoni”ga (1008) Pop tumani bo'yicha 2023-yil birinchi choragi davomida murojaat kelib tushmagan.

III. Bo'lim xodimlari tomonidan o'tkazilgan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha:

Bo'lim xodimlari tomonidan tasdiqlangan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvaliga asosan hisobot davrida tumanning Jumladan, joriy yil davomida 15 marotaba sayyor qabul o'tkazilgan bo'lib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish hamda qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida bo'limga 2022-yil o`n ikki oyi davomida ko'p murojaatlar kelib tushgan MFYlarda hamda tuman tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarda sayyor qabullar tashkil etildi.

Jumladan, 1-chorakda Olmazor, Bodomzor, Obod, Xazratibob, Kelachi, A.Qaxor, Paxtakor, A.Navoiy, Ipak yo`li, Mustaqillik, X.Olimjon Iftixor, Yakkatut, Yuksalish, Nayman, Qo`shtepa, Chig`anoq, Kenagas, Navbaxor, Navro`z, Sohibkor, O`ltarma, Uyg`ur, Uch-uyli hamda Tuman mahalla fuqarolar yig`inlarida davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda sayyor qabullar tashkil etildi.

O'tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 135 nafar fuqarolarning murojaatlariga joyning o'zida huquqiy tushuntirishlar berilib, 34 nafar shaxsning murojaati bo'lim ish yurituviga olingan.

Ushbu murojaatlarning 31 tasi bo'lim xodimlari tomonidan o'rganib chiqilib, 25 tasi qanoatlantirilib, 6 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi.

Murojaatlar sohalar bo'yicha tahlil qilinganda ularning aksariyati ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarning to'lanishi, yoshga doir pensiya, mehnat qonunchiligi bilan bog'liq muammolar yuzasidan, kommunal soha, yo'l qurilishi, kadastr hujjatlarini tayyorlash, kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordam olish masalalari tashkil etiladi.

V.Tuman adliya bo'limiga kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo'yicha tahlil qilindi.

  • Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 43 ta murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning 38 tasi hal etilgan bo'lib, 30 tasi qanoatlantirildi. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 75 foizni tashkil qiladi.

Murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo'yicha 21 ta ariza va da'vo ariza va 2 ta ma'muriy taklif, 6 ta taqdimnoma kiritildi.

Mazkur ta'sir choralarining natijalari yuzasidan 2 955 188  ming. so'm pul mablag'lari qaytarildi.

Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni quyidagi sohalarda ularning ko'pligini ko'rsatadi:

-mehnat nizolari yuzasidan 25 ta, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar yuzasidan 8 ta

-ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan 2 ta;

- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 2 ta

-uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 2 ta;

-kommunal to`lovlar yuzasidan 1 ta;

-soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 2 ta;

-yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta

- boshqa masalalar yuzasidan 14 ta.

Mehnat nizolari yuzasidan murojaatlarda oylik va unga tenglashtirilgan to'lovlarni o'z vaqtida to'lamaslik, mehnat shartnomasini ish beruvchi tomonidan noqonuniy bekor qilish holatlari, shuningdek, ish beruvchi tashabbusi bilan xodim roziligisiz uch yoshga to'lmagan farzandi bor ayollarni ishdan bo'shatish va ish haqidan asossiz ravishda ushlab qolish holatlari mavjudligi holatlari ko'rsatilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, kelgusida mazkur sohadagi murojaatlarni sonini yanada kamaytirish maqsadida:

- shikoyatlar ko'paygan sohalar va hududlarda manzilli huquqiy targ'ibot tadbirlarini kuchaytirish;

- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida jismoniy va yuridik shaxslarga tezkor xizmat ko'rsatish maqsadida “Onlayn maslahat” xizmatini ishga tushirish choralarini ko'rish.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mavjud muammolarni bartaraf etish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini buzilishini oldini olish maqsadida hamda murojaatlarni ko'rib chiqishda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:

1.Murojaatlarni ko'rib chiqishda O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunshilik hujjatlari talablariga qat'iy rioya qilib borish;

2.Murojaatlarni har tomonlama va ob'ektiv ko'rib chiqilishiga alohida e'tibor qaratish, murojaatlarni ko'rib chiqish va mualliflarga asoslantirilgan javoblar berilishi ustidan doimiy nazorat o'rnatish;

3.Shikoyatlar ko'p tushayotgan sohalarda murojaatlar bilan ishlovchi xodimlar bilan murojaatlarni ko'rib chiqish sohasida amaldagi qonun hujjatlari yuzasidan o'quv-seminarlari o'tkazib borish;

4.Kelib tushgan murojaatlarning to'liq va sifatli hal etilishini ta'minlash maqsadida ularni joyiga chiqib o'rganish amaliyotini ko'chaytirish;

5.Bo'lim xodimlari tomonidan har chorakda shikoyatlar ko'paygan sohalar hamda hududlarni o'rganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga takliflar kiritish;

Pop tuman adliya

bo'limi bosh maslahatchisi                                             A.Qodirov