Hujjatni tasdiqlashning asosiy elementlaridan biri bu imzodir. Hujjatlarni raqamlashtirish bilan birgalikda elektron raqamli imzo (ERI) yaratildi. Bu an'anaviy imzoning muqobil varianti bo‘lib, elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsni tasdiqlash uchun ishlatiladi. ERI vaqt va pulni sezilarli darajada tejaydi hamda ikki yil muddatga beriladi.
ERI davlat xizmatlarining barcha turlariga masofadan kirishni ta'minlaydi va hujjatlarning haqiqiyliga kafolat bo‘lib xizmat qiladi hamda qalbakilashtirishdan himoya qiladi.
ERI qanday olinadi?
ERIni uchta usulda olish mumkin:
- davlat xizmatlari markazida;
- masofadan (onlayn):
- yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida;
- Eri ro‘yxatga olish markazining rasmiy veb- saytida - e-imzo.uz.
Pop tuman davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
Tuychiyev Baxromjon Shuxratovich.









