Diplom dublikatini  olish tartibi soddalashtirildi

Mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko`rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to`siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari ko`rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2020 yil 5-oktabrdagi  O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining  ‘’Raqamli O’zbekiston -2030’’ strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora tadbirlari tog’risida’’ PF-6079-son  Farmoniga muvofiq Oliy, o’rta maxsus va professional ta’lim to’grisidagi diplomlar dublikatini berish davlat xizmati joriy etildi. Bu bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimida raqamlashtirish borasida yana bir muhim qadam tashlandi.

Endilikda fuqaro  tahsil olgan taʼlim muassasasiga borib, ovvora  boʻlishiga hojat qolmaydi.  Oliy, o’rta maxsus va professional ta’lim to’grisidagi diplomlar dublikatini olish uchun fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn so’rovnoma to’ldiradi yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun murojaat qiladi. Ariza beruvchining xohishiga ko’ra, ta’lim to’g’risidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin.  Oliy, o’rta maxsus va professional ta’lim to’grisidagi   ta’lim olganlik to’g’risidagi davlat namunasidgi  rasmiy hujjatlar va uning dublikati  bir hil yuridik kuchga ega bo’ladi. Mazkur qaror harbiy oliy  ta’lim          muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasasi va akademik litsey diplomi dublikati  O’zbekiston Respublikasi  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan,  davlat va nodavlat  kasb-hunar kollejlari va professional ta’lim muassaslari diplomi dublikati Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi bosharuv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti , davlat va nodavlat ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab internetlar diploma dublikati o’z tizimiga kiruvchi ta’lim tashkilotlari bo’yicha O’zbekiston Badiiy akademiyasi O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan beriladi.

Ta’kidlash joizki, mazkur qaror ‘’fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi’’ tamoyiliga ko’ra, dublikat olish tizimini soddalashtirish hamda vaqt va mablag’ sarfini kamaytirish hisobiga ovoragarchiliklarni oldini olishga xizmat qiladi.

Pop tuman adliya bo’limi davlat

xizmatlari markazi bosh mutaxassisi                M.Raimjonova

GENDER TENGLIGI

Barchaga ma’lum, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo`yicha o`tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030 yilgacha bo`lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2030 yilgacha bo`lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” qaror qabul qildi.

Shu bilan birga, O`zbekiston Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida “Gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”ga oid to`qqizta vazifani ishlab chiqdi.

Beshinchi maqsadning vazifalariga (Gender tenglik) muvofiq, 2030 yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to`liq va samarali ishtirokini va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash zarur. Bundan tashqari, ushbu maqsad davlatning turli darajalarida Davlat dasturlarini qabul qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilishni o`z ichiga olgan.

So`nggi yillarda gender tenglikni ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo`yicha ishlar bir necha yo`nalishlarda olib borilmoqda:

  • ayollar huquqlari to`g`risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
  • ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish;
  • aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to`g`risida xabardorligini oshirish;
  • huquqni qo`llash amaliyotida ularga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’ul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me’yorlar asosida o`qitish.

O`zbekistonda bir qator qonun hujjatlari, jumladan, Prezidentning xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, xususan, gender tengligi va ayollarni zo`ravonlik va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini kuchaytirish to`g`risidagi farmon va qarorlari qabul qilingan.

Gender tengligini joriy qilish nuqtai nazaridan ta’limdagi ijobiy siljishlarni alohida ta’kidlash kerak. Ya’ni, 2017 yildan boshlab aksariyat oliy o`quv yurtlarida turli mutaxassisliklar bo`yicha sirtqi bo`limlar faoliyati tiklandi. Ta’limning ushbu shakli yosh ayollarga bolalarni parvarish qilish va boshqa oilaviy majburiyatlarni bajarishga xalal qilmasdan oliy ma’lumot olish imkoniyatini beradi.

 Mazkur sohadagi qonunchilik choralariga to`xtaladigan bo`lsak, O`zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida 2019 yil sentyabrь oyida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida”gi Qonunlar qabul qilindi. BMTning deyarli barcha agentliklari, jumladan BMT Taraqqiyot Dasturi, BMT Aholishunoslik jamg`armasi (YuNFPA), BMT Bolalar jamg`armasi (YuNISEF), BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari boshqarmasi, BMTning Narkotik moddalar va jinoyat boshqarmasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti ushbu ikki qonun bo`yicha o`z izoh va takliflarini berishdi.

Gender tenglik bo`yicha  O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar huquqlarini ta’minlash va kamsitishning har qanday shakliga barham berish bo`yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uyg`unlashtirish bilan shug`ullanuvchi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi tashkil qilingan. Bundan tashqari, mehnatga oid huquqlarning kafolatlari va qo`llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, uydagi zo`ravonlik qurbonlariga yordam berish maqsadida Zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o`z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi va Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi, Hukumat huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi kabi yangi tuzilmalar tashkil topdi.

Mazkur yangi tashkil etilgan barcha institutsional mexanizmlar O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi bilan birgalikda BMT Konventsiyasiga muvofiq ayollar huquqlari, gender tengligi va xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarga barham berishning yagona yaxlit mexanizmiga aylanishi masalaning muhim tomonidir.

Ta’kidlash joiz, qabul qilingan normativ-me’yoriy hujjatlar va amaliy chora-tadbirlar O`zbekistonning gender siyosati sohasidagi muhim qadamidir va u qonunchilik hamda amaliyotning xalqaro me’yor va standartlariga to`liq mos keladi, shu bilan birga, ularning bir qismi BMTning inson huquqlari bo`yicha idoralari tavsiyalariga asoslangan.

Ayniqsa, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida”gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu Qonun ko`p yillik muhokamalardan so`ng qabul qilindi. Qonun oiladagi zo`ravonlik qurbonlariga yordam berish, ularga boshpanalar ajratish, ishonch telefonlari va nafaqat jismoniy zo`ravonlik, balki psixologik yoki iqtisodiy jinoyatlar bo`yicha majburiy javobgarlikka tortish orqali ayollarni himoya qilish uchun asosdir. Bunday choralar, xususan, BMTning inson huquqlari bo`yicha idoralari tomonidan uzoq vaqt davomida tavsiya qilib kelingan.

Gender siyosatining monitoringi va samaradorligini baholash sohasida www.gender.stat.uz saytida qo`shimcha 54 ta gender ko`rsatkichlarini kiritish orqali muhim o`zgarishlar ro`y berdi.

Shu bilan birga, ushbu yo`nalishda davomiy izchil ishlarni amalga oshirish talab etiladi. Bu yerda nafaqat qabul qilingan ko`rsatmalar, balki ularning xalqaro majburiyat va standartlarga muvofiqligi, joylarda o`z vaqtida va aniq bajarilishi ham muhim axamiyatga ega.

Pop tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi Sherzod Talobayev.

 

Мулкчилик шаклидан қаъий назар, барча турдаги ҳисобот топширувчи хўжалик юритувчи субьектларнинг фаолияти даврида хал этиш ва вужудга келадиган саволлар ечимини топиш, уларга тушунчалар хамда амалий ёрдам бериш мақсадида Поп туман статистика бўлимида хар oyda  бир marotaba  “Seminar  uchrashuvlar  ташкил этилган.

Поп туман статистика бўлими

Mulkchilik shaklidan qa’iy nazar, barcha turdagi hisobot topshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subektlarning faoliyati davrida xal etish va vujudga keladigan savollar yechimini topish, ularga tushunchalar xamda amaliy yordam berish maqsadida Pop tuman statistika bo‘limida xar oyning birinchi va uchinchi xaftasining juma kunlari “OChIQ EShIKLAR KUNI” tashkil etilgan.

Pop tuman statistika bo‘limi

Мулкчилик шаклидан қаъий назар, барча турдаги ҳисобот топширувчи хўжалик юритувчи субьектларнинг фаолияти даврида хал этиш ва вужудга келадиган саволлар ечимини топиш, уларга тушунчалар хамда амалий ёрдам бериш мақсадида Поп туман статистика бўлимида хар oyda  бир marotaba  “Seminar  uchrashuvlar  ташкил этилган.

Поп туман статистика бўлими