(kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari)

2022 yil yanvar-sentabr oylari yakuni bo‘yicha Ctatistika organlariga taqdim etiladigan 4-mehnat shakli (choraklik) davlat statistika hisobot shaklini 2022 yilning 6 oktabr sanasidan kechiktirmay, internet tarmog‘i vositasida, elektron shakldagi statistik hisobotlarni yig‘ishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi «eStat 4.0» dasturi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.

Mazkur hisobot shaklini to‘ldirish va elektron shaklda taqdim etish bo‘yicha  www.stat.uz; www.namstat.uz rasmiy caytlari yoki (69) 43-31-410 telefon raqamlari orqali batafsil tushuntirishlar olishingiz mumkin.

Pop tuman statistika bo‘limi.

(fermer xo‘jaliklari, mikrofirma va kichik korxonalardan tashqari)

2022 yil yanvar-sentabr oylari yakuni bo‘yicha Ctatistika organlariga taqdim etiladigan «Qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida»gi 4-qx (tashkilot) shakli (choraklik) davlat statistika hisobot shaklini 2022 yilning  5 oktabr sanasidan kechiktirmay, internet tarmog‘i vositasida, elektron shakldagi statistik hisobotlarni yig‘ishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi «eStat 4.0» dasturi (my.stat.uz veb-platforma shaklida yangi axborot tizimi ishga tushirildi) orqali, elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.

Mazkur hisobot shaklini to‘ldirish va elektron shaklda taqdim etish bo‘yicha  www.stat.uz; www.namstat.uz rasmiy caytlari yoki (69) 43-31-410 telefon raqamlari orqali batafsil tushuntirishlar olishingiz mumkin.

Pop tuman statistika bo‘limi.

“Dehqon xo`jaliklari tashkil etishni qo`llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–373-son, 10.09.2022 y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va g`alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo`lgan yerlardan 2022 yil yakunigacha qo`shimcha 20 ming gektar – umumiy 100 ming gektar ekin maydonlari, 2023 yilda 95 169 gektar ekin maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.

 Bunda ekin maydonlari 30 yil muddatga:

 suv ta’minoti yaxshi bo`lgan yerlardan – Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha bo`lgan o`lchamlarda;

kam suvli yerlardan – viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha bo`lgan o`lchamlarda ijaraga beriladi.

2022–2023 yillarda ekin maydonlarini aholiga berish uchun o`tkaziladigan tanlovda 1 ta talabgor ishtirok etsa ham, istisno tariqasida, tanlov o`tkazilgan hisoblanadi.

Issiqxona rivojlangan tumanlarda dehqon xo`jaliklariga ajratib berilgan ekin maydonlarida isitish tizimlarini o`rnatmagan holda yengil konstruktsiyali issiqxonalar qurilishiga ruxsat beriladi.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xo`jaligini uchun yer tanlov orqali ijaraga berilganda, ular daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun barcha imtiyoz va preferentsiyalar bir yilga saqlab qolinadi.

 Pop tuman adliya bo`limi bosh maslahatchisi A.Qodirov

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma olti yilliga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan tamoyil davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani haqida to‘xtalib o‘tilgan edi. Haqiqatan ham, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar qabul qilinishida ushbu tamoyilga amal qilinmoqda. So‘nggi yillarda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va qulaylik darajasi yangi bosqichga chiqdi. Bu borada ko‘plab yutuqlar mavjud bo‘lib, ushbu yangiliklar natijasida xalqimizning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchi ortib bormoqda.

Milliy qonunchiligimizda kompozit davlat xizmatlari degan tushuncha mavjud. Buning ma’nosi shuki, fuqarolarga turkum tarzda davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, fuqaro bir muammosini hal etish uchun bir nechta joyga murojaat qilishi lozim bo‘lsa, kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatish orqali mana shu masala bir joyning o‘zida, bir davlat idorasida hal etiladi. Mana shunday tartibni nazarda tutuvchi yana bir normativ-huquqiy hujjatlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” hisoblanadi.

Inson vafoti yuridik fakt hisoblanib, ushbu holat tegishli hujjatlar asosida belgilab qo‘yilishi lozim. O‘z yaqinining vafoti munosabati bilan fuqarolar o‘lim guvoxnomasini olish, dafn harajatlarining davlat tomonidan qoplanishiga erishish uchun ikki yoki uch davlat idorasi eshigiga borishi lozim edi. Yuqoridagi hujjat asosida ushbu masala anchagina soddalashtirildi. Quyida ushbu hujjat orqali yaratilayotgan yengillik va reglamentning asosiy qoidalari asosida kompozit xizmat ketma-ketligiga to‘xtalib o‘tamiz.

Avvalo, ushbu hujjatga binoan sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma shakllantirish tartibi joriy etildi. Reglamentga ko‘ra tibbiyot muassasasi xodimi – o‘lim holati tasdiqlangandan so‘ng, vafot etgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni FHDYO bo‘limiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi. FHDYO bo‘limi – axborot tizimi orqali avtomatik ravishda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va ma’lumotni tibbiyot muassasasi va Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda yuboradi. Tibbiyot muassasasi xodimi – QR-kod tasviri tushirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnomani ariza beruvchilarga darhol ikki nusxada chop etib beradi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi esa – har oyning 5-sanasigacha o‘tgan oyda ushbu hududda to‘langan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni Tijorat bankining hisobvarag‘iga moliyalashtiradi. Tijorat banki – QR-kod tushirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma asosida Pensiya jamg‘armasiga elektron so‘rov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan nafaqa to‘lovini amalga oshiradi. FHDYO bo‘limi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxo‘rlarining istalgan vaqtdagi talabiga asosan eksterritorial tamoyil asosida o‘lim haqidagi gerbli guvohnomani chop etib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada ko‘rsatilgan manzilga yuboradi. Ya’ni bu masalada fuqaro o‘zi doimiy yashaydigan hududda joylashgan FHDYO organiga murojaat qilishi shart emas. Bu turkum xizmatdan respublikaning istalgan hududida foydalanish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma berish, o‘limni qayd qilish, vafot etgan shaxsni dafn qilish uchun qabristonga ma’lumotnoma berish va dafn etish uchun nafaqa berish bo‘yicha kompozit davlat xizmatlari joriy etildi.

Joriy etilgan ushbu o‘zgarish fuqarolarning ortiqsa ovoragarchilik va sarson bo‘lishining oldini oladi, FHDYO organlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan navbatlarni keskin kamaytiradi. Yaqin insoning vafotidan ruxiy tushkunlikda bo‘lgan yaqin qarindoshlarning o‘z masalasini hal etishi uchun turli davlat idoralarga borishi ularning bu holatini og‘irlashtirar edi. Joriy etilgan turkum xizmatlar esa ularning og‘irini yengil qilishga xizmat qiladi.

 

Qodiraliyeva Maftuna Baxtiyorjon qizi

Pop tuman 1-sonli FHDYO bo‘limi inspektori

 

 

 

Qonunga ko‘ra, Yer uchastkalarini quyidagi maqsadlarda kompensatsiya evaziga olib qo‘yish jamoat ehtiyojlari deb eʼtirof etiladi:

mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni, erkin savdo zonalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun yerlar berish;

xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;

foydali qazilmalar konlarini qidirish va qazib olish (bundan keng tarqalgan foydali qazilmalar konlari mustasno);

respublika hamda mahalliy ahamiyatga molik avtomobil va temir yo‘llarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya obyektlarini hamda aviatexnika markazlarini, temir yo‘l transporti obyektlarini, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika va aloqa tizimining muhandislik obyektlari hamda tarmoqlarini, kosmik faoliyat obyektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini qurish (rekonstruksiya qilish);

tasdiqlangan aholi punktlari bosh rejalarining obyektlarni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurishga oid qismini bajarish;

davlat investitsiya dasturlarida ko‘rsatilgan davlat taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining binolari hamda inshootlarini markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan qurish nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish.

Yer uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qo‘yilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish sifatida talqin etish taqiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha tashabbusni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishga doir majlislari OAV va jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq o‘tkaziladi.

Mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin hokimliklar huquq egalari bilan kompensatsiyaning shartlari, turlari va miqdori bo‘yicha kelishuvga erishishga doir ishlarni amalga oshiradi.

Huquq egasi bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, huquq egasini kelishuvni imzolashga majbur qilish maqsadida ko‘chmas mulkni erkin tasarruf etishiga monelik qiladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, huquq egasining munosib hayot kechirishi uchun monelik qiladigan shart-sharoitlarni yaratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonunga asosan, yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulkning bozor qiymati;

olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga bo‘lgan ijara huquqi mustasno);

olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;

ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulkni vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;

yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulkdan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk bo‘shatib qo‘yilgan paytdan eʼtiboran avvalgi faoliyatni tiklashgacha bo‘lgan, biroq 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi);

huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

Yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

Qonunchilikka muvofiq, huquq egasiga tegishli bo‘lgan, olib qo‘yilgan yerda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar (yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar), ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda boshqa binolar va inshootlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning bozor qiymati ham to‘liq hajmda qoplanishi lozim.

Shuningdek, turar joyga nisbatan huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan, ushbu turar joyga 15 yil (egalik qilish huquqini yuzaga keltiruvchi muddat) mobaynida xuddi o‘z mulkidek halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxslarga, ushbu ko‘chmas mulk obyektlari uchun soliqlar to‘lab kelinganligi tasdiqlangan taqdirda, mazkur ko‘chmas mulk obyektlari qiymatining o‘rni qoplanadi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Pop tuma adliya bo’limi

Bosh  maslahatchisi                                                       A.Qodirov