Aholini ro‘yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o‘zi uchun zarur bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlari mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Misol uchun, ishsizlarning so‘rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o‘rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini bersa,  bolalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va shu kabi muassasalar qurilishi rejalarini tuzishda qo‘l keladi. Yosh haqidagi ma’lumotlar pensiyaga chiqadiganlar soni, ularning pensiya to‘lovlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni jamg‘arib borish imkonini beradi. Har yili maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablari yoki oliy ta’limga qabul qilinadigan yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham xuddi shunday shakllanadi. Yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa har birimizning uyimizgacha keladigan yo‘llar qurilishi, kommunikatsiyalar bilan ta’minlashni rejalashtirish uchun zarur.

  • respublika darajasida – respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar, Agentlik markaziy apparati hamda Agentlik huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari
  • hududiy darajada – hududiy komissiyalar aʼzolari hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari
  • tumanlar va shaharlar darajasida – tuman va shahar statistika boʻlimlari, tuman va shahar roʻyxatga olish boʻlimlari hamda roʻyxatga olish uchastkasi, instruktorlik va hisob uchastkalari xodimlari

Roʻyxatga olish ushastkalari, instruktorlik uchastkalari va roʻyxatga oluvchi xodimlarni ushbu jarayonga tayyorlash bosqichlari

  • Aholini roʻyxatga olishning maqsad va vazifalari, roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, roʻyxatga olish hujjatlari tarkibi va uni toʻldirish tartibi, shuningdek, roʻyxatga oluvchi xodimlarning vazifalari, axloq normalari boʻyicha mashgʻulotlar.
  • Planshet qurilmalaridan foydalangan holda roʻyxatga olish varagʻi shakllarini toʻldirish, toʻplangan maʼlumotlarni markaziy maʼlumotlar bazasiga yuklash va ularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha mashgʻulotlar
  • Texnika xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar
  • Respondentlar soʻrovini oʻtkazish, kelib chiqadigan barcha qiyinchiliklarni aniqlashtirish bilan muammoli masalalarni muhokama qilish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar
  • Oʻqish yakunida xodimlarning bilimlarni oʻzlashtirganligi boʻyicha test sinovlarini tashkil etish
  • Oʻqish jarayonlari tugagandan soʻng xodimlarga maxsus guvohnoma, maxsus kiyim, roʻyxatga olish instrumentlari (planshet, maxsus sumka va boshqa roʻyxatga olish hujjatlari) va kanselyariya buyumlari bilan taʼminlanadi.

 

Respondentlarning shaxsga doir maʼlumotlarini yigʻishda roʻyxatga olish sanasidan keyin sodir boʻlgan demografik holatlar hisobga olinmaydi. Bunda vafot etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uning voyaga yetgan, muomala layoqatiga ega oila aʼzolari yoki fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida toʻldiriladi.Aholini roʻyxatga olish jarayonlarida shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish:axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan (Internet jahon axborot tarmogʻi orqali va planshet qurilmalari yordamida) hamda axborot xavfsizligi talablarini taʼminlagan holda amalga oshiriladi;

respondentlar yashaydigan (vaqtincha boʻlib turgan) turar joy va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib soʻrov oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Roʻyxatga olish varagʻi shakllari roʻyxatga oluvchi xodimlar tomonidan planshet qurilmalari yordamida respondentlarning soʻzlari asosida toʻldiriladi;aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish davrida yashash (turgan) joyida hozir boʻlmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar (respondentlar) toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar mazkur uy xoʻjaligining voyaga yetgan aʼzolari tomonidan maʼlum qilinadi. Oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan maʼlum qilinadi.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024-йил 5 апрелдаги ПҚ-153 сонли Қарори қабул қилинди. 2024 йилда Поп тумани ҳокимлиги захирасидаги 486 гектар ер майдони электрон онлайн аукцион савдоларига қўйилиб, 30 йил муддатга 1 566 нафар ёшларга “e-auksion.uz” платформаси орқали ижарага берилади.

Шунингдек, “бир массив - бир маҳсулот” тамойили асосида қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини етиштиришдан сотишгача бўлган занжирни қамраб олувчи янги тизим жорий этилади.

Қарорга мувофиқ;

- ер майдонини ижарага бериш бўйича электрон онлайн аукцион савдолари “Е-аукцион” электрон савдо платформаси орқали “маҳалла еттилиги” нинг тавсияси билан шакллантириладиган рўйхатга киритилган ёшлар ўртасида ўтказилади,

- ер майдонларини ижарага бериш бўйича электрон онлайн аукцион савдолари ғолибларига ер участкаси нархини 10 йил муддатга тенг улушларда фоизсиз бўлиб-бўлиб тўлашга рухсат берилади;

-закалат пули базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 баравари миқдорида белгиланган.

Бунда, электрон онлайн аукцион савдоларида 1 нафар талабгор иштирок этган тақдирда, истисно тариқасида, аукцион ўтказилган ҳисобланади ҳамда ушбу имтиёзли шартлар асосида ўтказиладиган аукцион савдоларида ёшларга ер майдонини фақат бир маротаба ижарага олишга рухсат берилади.

 

Ўтган қисқа вақт мобайнида 2-сон спорт мактаби 18 та ҳудудда ўзининг турли йўналишдаги спорт секциялари фаолиятини йўлга қўйди ва 2000 дан зиёд ёшларни мунтазам спорт билан банд бўлишига эришилди.

Ҳозирги кундаги спорт секциялари:

▫️Футбол▫️Бокс ▫️Бадминтон▫️Стол тенниси ▫️Волейбол ▫️Баскетбол ▫️Регби▫️Таэквондо WТ ▫️Пара енгил атлетика▫️Шахмат▫️Шотокан карате-до▫️Муайтай▫️Ўзбек жанг санъати▫️Футбол▫️Қўл тўпи▫️Пенчак силат

Жорий йилда ушбу спорт турларидан жаҳон чемпионатида 5 та, Ўзбекистон чемпинати ва кубокларида 115 та спортчилар шох супага кўтарилди. Шундан 35 та олтин, 37 та кумуш, 43 та бронза медаллари қўлга киритилган.