(kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari)

Ctatistika organlariga (xar oyning yakuni bo‘yicha) taqdim etiladigan «Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida»gi 12-moliya shakli (oylik) davlat statistika hisobot shaklini, hisobot davridan keyingi oyning 18-sanasidan kechiktirmay, internet tarmog‘i vositasida, elektron shakldagi statistik hisobotlarni yig‘ishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi «eStat 4.0» dasturi orqali, elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.

Mazkur hisobot shaklini to‘ldirish va elektron shaklda taqdim etish bo‘yicha  www.stat.uz; www.namstat.uz rasmiy caytlari yoki (69) 43-31-410 telefon raqamlari orqali batafsil tushuntirishlar olishingiz mumkin.

Pop tuman statistika bo‘limi.

 

Бугунги Наманганда вилоят ҳокимлиги, Ёшлар ишлари агентлиги ҳамда Мудофаа ишлари бошқармаси билан ҳамкорликда ишсиз бўлган ёшларни вақтини мазмунли ташкил этиш ва уларни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш мақсадида Шарқий ҳарбий округ қўшинлари Наманган гарнизонидаги ҳарбий-қисмда 140 нафар ёшлар учун 10 кунлик ўқув йиғини бўлиб ўтди.

Эътиборлиси мазкур йиғин мобайнида ёшларимизда миллий армиямизга қаратилаётган юксак эътибор ва янгиланишлар, амалга оширилаётган изчил ислоҳотлар, шунингдек, ҳарбийликнинг шарафи ва масъулияти ҳам кенг қамровда ортди.

Маросимда иштирок этган вилоят ҳокими ўринбосари Ғуломжон Муродхўжаев, ёшлар ишлари агентлиги вилоят раҳбари Бахтиёр Мирзатов, вилоят ёзувчилар уюшмаси раиси Зиёвуддин Мансуров, вилоят маънавият ва маърифат маркази раҳбари Мусахон Аппақовлар сўз олиб барча ёшларга келгуси ишларида омад тилади.

“Ҳаёт синовларида синалаётган инсонларга зимдан боқиб, ўзимизга ато этилган неъматларга ҳамиша шукр қиламиз...”

Бугун Поп туманидаги Мурувват масканини чинакам байрам шукуҳи қамраб олди. Беморлар учун олиб келинган эсдалик совғалар спортни ривожлантириш вазирлиги бошқарма бошлиғи Ш.Моминджанов, вилоят спорт бошқармаси ҳамда туман ҳокими ўринбосари З.Арслонов томонидан беморларга улашилди.

Ушбу ташрифдан муассасадаги беморларнинг қалблари қувончга тўлиб, меҳмонлар билан самимий ва мароқли суҳбатда бўлишди.

Ўзаро ҳурмат, меҳр-оқибат, эзгулик, хайр-саҳоват ва шукроналик туйғулари халқимизнинг маънавий ҳаёти, миллий қадрият ва анъаналаримизнинг ажралмас қисми бўлиб келган.

Aholini dastlabki ro‘yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‘tkazilgan. Lekin, bu aholi ro‘yxatlarining maqsadi aholidan soliq yig‘ish, ya’ni boj olish hamda harbiy maqsad uchun aholi sonini aniqlash bo‘lgan. Shuning uchun ham, bu aholi ro‘yxatlarida asosan erkaklar ro‘yxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy o‘rni yuqori bo‘lgan, soliq to‘lashda faqat erkaklar, ya’ni oila boshliqlari qatnashgan.

Aholini eng birinchi rasmiy ro‘yxatga olish 1790 yilda AQShda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801 yilda – Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan. Ammo, bu aholi ro‘yxatlari juda oddiy shaklda hamda uzoq muddatga cho‘zilgan. Masalan, birinchi AQShda aholini ro‘yxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan.

XIX asrga kelib, aholini ro‘yxatga olish juda kengaydi.Qator Evropa mamlakatlarida statistika tashkilotlari tuzildi. Aholini ro‘yxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 1870-1879 yillarda dunyoning 48 ta, 1890 yillarda esa 57 ta davlatida aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, XX asr boshida 54 foiz aholi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o‘rganishda mamlakat hududida o‘tkazilgan aholi ro‘yxati ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxati 1897 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxat ma’lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan. O‘zbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan.

Mulkchilik shaklidan qa’iy nazar, barcha turdagi hisobot topshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subektlarning faoliyati davrida xal etish va vujudga keladigan savollar yechimini topish, ularga tushunchalar xamda amaliy yordam berish maqsadida Pop tuman statistika bo‘limida xar oyning birinchi va uchinchi xaftasining juma kunlari “OChIQ EShIKLAR KUNI” tashkil etilgan.

Pop tuman statistika bo‘limi