QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR Mahallalar tashabbusi bilan yashil bog`lar tashkil etilishi mumkin. Hukumat qarori (529-son, 27.09.2022 y.) bilan “Yashil bog`lar” nizomi tasdiqlandi Nizomga ko`ra, quyidagilar “Yashil bog`lar”ni barpo etish bo`yicha hokimliklarga tashabbus bilan chiqish huquqiga ega: davlat organlari va tashkilotlari; fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari; ko`p kvartirali uy-joylar mulkdorlari. “Yashil bog`lar”ni barpo etish bo`yicha kiritilgan takliflar hokimliklar tomonidan 15 ish kun ichida ko`rib chiqiladi. Ma’qullangan takliflar asosida “Yashil bog`lar”ni barpo etish va loyihalash bo`yicha har yili 10 fevralgacha “O`rmonloyiha” loyihalash instituti bilan shartnomalar tuziladi. Takliflar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan har hili 15 maygacha tegishli qaror qabul qilish uchun xalq deputatlari mahalliy kengashlari muhokamasiga kiritiladi. Xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, “Yashil bog`lar”ni barpo etish uchun “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi bilan kelgusi yilning 20 yanvariga qadar shartnomalar tuziladi. “Yashil bog`lar”ga ko`chat ekish tadbirlari har yili bahor va kuz mavsumlarida amalga oshiriladi. Pop tuman adliya bo`limi
Никоҳ тузиш ва ажратишни қайд этиш учун аризаларни ДХМ орқали қабул қилиш бўйича эксперимент ўтказилади “Фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш тартибларини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат қарори (540-сон, 28.09.2022 й.) қабул қилинди Қарорга мувофиқ, туғилганликни тиббиёт муассасалари орқали фуқаролик далолатномаларини ёзиш бўлимларида қайд этиш тартиби 2023 йил 1 январдан Тошкент шаҳрида, 2023 йил 1 июндан эса бутун республика ҳудудида жорий этилади. Туғилганлик ҳолати ФҲДЁ бўлимларида қайд қилинганлиги ҳақида тиббиёт муассасалари томонидан QR-код тасвири туширилган маълумотнома берилади ва ушбу маълумотнома туғилганлик ҳақидаги гербли гувоҳномага тенглаштирилади ва давлат органлари ва ташкилотлари томонидан қабул қилишни рад этиш тақиқланади. Никоҳ тузиш ва никоҳдан ажратишни қайд этиш учун аризаларни Сирдарё вилоятидаги туман (шаҳар) давлат хизматлари марказлари орқали қабул қилиш бўйича ҳуқуқий эксперимент ўтказилади. Ҳуқуқий эксперимент 2022 йил 1 ноябрдан 2023 йил 1 июлгача амалга оширилади. Шунга кўра, қарор билан Никоҳ тузиш ва никоҳдан ажратишни қайд этиш учун давлат хизматлари марказлари орқали аризалар қабул қилиш тартиби тўғрисидаги вақтинчалик маъмурий регламент тасдиқланди. Никоҳга кириш ҳақида ариза берилганда никоҳланувчи шахсларнинг яшаш жойидаги маҳалла фуқаролар йиғинини хабардор қилиш тартиби бекор қилинди. Поп туман адлия бўлими
SAVOL Barchamizga ma’lumki 2022 yil 29 iyun kuni “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yish tartib-taomillari to`g`risida”gi 781-sonli qonun qabul qilindi. Nima uchun alohida qonunga ehtiyoj tug`ildi? Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yish, shuningdek, olib qo`yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ob’yektlarni buzib tashlash ko`plab davlatlarda dolzarb muammo hisoblanadi va ushbu masalalarning lozim darajada huquqiy tartibga solinmasligi aksariyat hollarda aholi orasida noroziliklarga sabab bo`ladi. Ushbu qonun qabul qilingunga qadar Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 16 noyabr kungi 911 qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo`yilishi va olib qo`yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko`chmas mulk ob’yektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to`g`risida”gi nizom yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yishga oid bir qator masalalarni tartibga soldi. Biroq, yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yishda jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini kuchaytirish borasida qonun darajasida hal etilishi lozim bo`lgan ayrim masalalar saqlanib turibdi. Zero, yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yilishining aniq tartib-taomillari va mexanizmi O`zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ham aniq belgilanmagan. Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo`yish sohasidagi xorijiy tajribada, bu kabi o`ta muhim ijtimoiy-huquqiy munosabatlar aynan qonun darajasida tartibga solingan. Masalan, shunday qonunlar Yaponiya (“Ekspropriatsiya to`g`risida”gi Qonun), Koreya Respublikasi (“Yer uchun kompensatsiya berish to`g`risida”gi Qonun), Shvetsiya (“Ekspropriatsiya to`g`risida”gi Qonun), Finlyandiya (“Ekspropriatsiya to`g`risida”gi Qonun), Estoniya (“Ko`chmas mulkni ekspropriatsiya qilish to`g`risida”gi Qonun) va bir qator boshqa davlatlarda qabul qilingan. Shu ham alohida takidlash lozimki, O`zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 53-moddasida Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkinligi belgilangan. Bu bilan fuqarolarning hamda tajbirkorlik sub’yektlarining yer uchastkaga bo`lgan huquqlari yana bir bor mustahkamladi. Pop tuman adliya bo`limi bosh maslahatchisi A.Qodirov
SAVOL Hozirda 58 yoshdaman ishlayotgan korxonam tugatilganligi munosabati bilan ishsiz qolganman. Men ushbu yoshimda ham yoshga doir pensiyaga muddatidan oldin chiqishim mumkinmi? JAVOB ✅ “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to`g`risida”gi qonunining 14-moddasiga asosan Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o`zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o`zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:: • erkaklar — 58 yoshga to`lganda va ish staji kamida 25 yil bo`lgan taqdirda; • ayollar — 53 yoshga to`lganda va ish staji kamida 20 yil bo`lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo`ladilar. Bunda, ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan so`ng o`ttiz kalendarь kun ichida o`zlarining yashash joyidagi tuman (shahar) aholi bandligiga ko`maklashish markaziga ish qidirayotgan shaxs sifatida murojaat qilsalar, markaz xodimlari bunday shaxslarga uch oylik davr ichida, agarda ular o`ttiz kalendarь kundan keyin murojaat qilsalar o`n kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak. Agar ish qidiruvchi shaxslarga tuman (shahar) aholi bandligiga ko`maklashish markazi tomonidan yuqorida ko`rsatib o`tilgan muddatlar ichida ikki marta maqbul keladigan ish taklif qilinmasa, tuman (shahar) aholi bandligiga ko`maklashish markazida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro`yxatga olingan kundan boshlab ishsiz deb e’tirof etiladilar. Tuman (shahar) aholi bandligiga ko`maklashish markazi ishsiz deb e’tirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo`lgan fuqarolarga taqdimnoma tayyorlaydi va 5 kun muddat ichida tegishli O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limiga yuboradi. Tuman (shahar) aholi bandligiga ko`maklashish markazi tomonidan berilgan taqdimnoma byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limi tomonidan muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashga albatta asos bo`lib hisoblanadi. Pop tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi Sherzod Talobayev
❗️Ўқитувчиларга дарс соатлари уларнинг кўрсаткичларига қараб тақсимланади 🔰 Мактаб ўқитувчиларига дарс соатлари қуйидаги кўрсаткичларнинг устувор кетма-кетлиги асосида тақсимланади: (https://lex.uz/docs/4919258#4926363)▫️ халқаро олимпиадалар ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар; ▫️ ўқитувчи бўлиб ишлаётган халқаро олимпиадалар ғолиблари; ▫️ халқаро сертификатларга эга ўқитувчилар; ▫️ TOP-1000 университетлардан бирини битирган ўқитувчилар; ▫️ асосий олимпиадаларнинг республика босқичи ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар; ▫️ ўқитувчи бўлиб ишлаётган асосий олимпиадаларнинг республика босқичи ғолиблари; ▫️ республика босқичидаги кўрик танловларда (йил ўқитувчиси) совринли ўринларга эга бўлган ўқитувчилар; ▫️ олий малака тоифасига эга ўқитувчилар; ▫️ биринчи малака тоифасига эга ўқитувчилар; ▫️ асосий олимпиадаларнинг вилоят ва туман босқичи ғолибларининг ўқитувчилари; ▫️ иккинчи малака тоифага эга ўқитувчилар; ▫️ педагогик йўналиш бўйича магистр даражасига эга ўқитувчилар; ▫️ ўз фанидан ўтказилган синовлар натижаси бўйича аъло баҳоларга эга ўқитувчилар; ▫️ олий маълумотли тоифасиз ўқитувчилар; ▫️ қайта тайёрлаш бўйича дипломга эга ўқитувчилар; ▫️ ОТМнинг педагогик йўналиш бўйича битирувчи босқич талабалари; ▫️ педагогик йўналиш бўйича хорижий давлатларнинг олийгоҳларини битирган, бироқ дипломи тан олинмаган ўқитувчилар; ▫️ ўрта махсус, профессионал маълумотга эга ўқитувчилар; ▫️ умумтаълим муассасасининг тегишли мутахассислиги бўйича раҳбар ходимлари. 📝 Умумтаълим муассасасининг педагогик кенгаши томонидан дарс соатлари қайта тақсимланиши мумкин. Поп туман адлия бўлими етакчи маслаҳатчиси Шерзод Талобаев