Айни дамда ишчи гуруҳи вакиллари туманнинг олий ўқув юртларига ёшларни тайёрлаб бериш кўрсаткичлари бўйича етакчи ҳудуд бўлган Уйғур маҳалласининг еттилик фаолияти билан танишмоқда.

Ушбу 2350 нафар аҳолиси бўлган маҳаллада хотин-қизлар бандлигини таъминлаш, ёшларни бўш вақтларини мазмунли ўтказиш, тадбиркорликни ривожлантириш, жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликдан холи ҳудудга айланиши учун маҳалла фаолларининг ўрни беқиёс бўлди.

Жараён давомида ишчи гуруҳи вакиллари Уйғур маҳалласи ҳудудидаги ижтимоий соҳа объектлари ва бунёдкорлик ишларини кўздан кечирди.

Маълумот учун маҳаллада 45 миллион сўм маблағ эвазига ОШП иссиқлик тизими, тоза ичимлик суви билан таъминлаш мақсадида, белгиланган дастурлар бўйича жами 1,8 млрд сўм маблағ ажратилган. Мазкур маблағ эвазига 4,0 км ичимлик суви тармоғини тортиш ҳамда 1 дона сув иншоотини реконструкция қилиш белгиланган.

Ишлар якунига кўра маҳалла 100 фоиз яъни, 507 та хонадон тоза ичимлик суви билан тўлиқ таъминланади.

Поп тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

Поп туманидаги кўмир омборидан аҳолига навбатдаги кўмир маҳсулотлари етказиб берилмокда!

Ҳозирда Поп тумани кўмир омборида 60,0 тонна кўмир захираси мавжуд.

Поп тумани ҳокимлигида Агропилла бўлимининг агрономлари, инкубистлари ҳамда маҳаллалардаги лидер аёллар иштирокида ўқув семинар бўлиб ўтди.

Унда вилоят агропилла бош агрономи Алишер Мақсудов, вилоят пилла мутахассиси Ибрагимов Акмалжонлар иштирок этиб, инкубатория ташкил этиш ва пилла парвариши агротехникаси бўйича тавсиялар берди.

Маълумот учун жорий йилда Поп туманда 2023 йил пилла ҳосилини етиштириш учун 270 та фермер хўжаликлари ва 240 нафар касаначилар билан 3043 қути ипак қурти парваришлаб, 176,3 тонна пилла етиштирилган.

Aholini ro‘yxatga olish haqida

Hozirgi paytda mamlakatda aholini ro‘yxatga olish xalqaro me’yorlar asosida o‘tkaziladi. Har 10 yilda o‘tkaziladigan bu tadbirda aholi an’anaviy: yoshi, jinsi, ma’lumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turarjoyi va uning maishiy asboblar bilan jihozlanishi kabi savollarga javob berishi kerak bo‘ladi. Ammo uy xo‘jaligi a’zolari va turar joy to‘g‘risidagi savollar batafsil – savollarning 34 guruhidan iboratdir.

Polshaning 1999- yildagi Aholi ro‘yxati to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, mamlakat fuqarolari ro‘yxatga oluvchi hisobchini xonadoniga kiritib, uning savollariga javob berishi yoki so‘rovnoma varag‘ini o‘zi to‘ldirishi mumkin. Lekin, aholini ro‘yxatga olish tartib-qoidalaridan batafsil tanish bo‘lmagan fuqarolar uchun bu oson bo‘lmagan, sababi aholi ro‘yxatini o‘tkazish yo‘riqnomasi 200 varaqdan iborat bo‘lgan.

Ularning Qonuniga muvofiq, Polshaning har bir fuqarosi so‘rovnoma savollariga to‘la va haqqoniy javob berishi shart. Ma’lumot berishdan bosh tortish uchun jarima to‘lanadi, yolg‘on ma’lumot berganlik uchun esa ozodlikdan mahrum etilishi ham mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Aholining soni, yosh-jins tarkibi, hududiy joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik holatlaridagi o‘zgarishlar aholining joriy hisobi bo‘yicha mavjud ma’lumotlarni qo‘llashni sezilarli darajada cheklamoqda.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish ishlari keng qamrovli tadbir bo‘lib, ketma-ket hamda bir vaqtning o‘zida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni: Birinchi bosqichda (3 yilgacha bo‘lgan muddat) quyidagi ishlar amalga oshiriladi: aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish, o‘tkazish tamoyillari, uslubiy asoslari va moliyalashtirish manbalarini aniqlash masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlanadi; aholini ro‘yxatga olish tadbiri dasturini, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish, uning natijalarini olish va e’lon qilishni tashkil etish uslubiyati ishlab chiqiladi; aholini sinov asosida ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishni tashkil etish, uning natijalarini tahlil qilish ishlari olib boriladi; har bir ro‘yxatga oluvchilarni o‘z hududi bo‘yicha xaritalar bilan ta’minlanadi; aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish va aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning tashkiliy rejasi tuziladi; har bir xonadon raqamlanishi va ko‘chalar nomlanishini amalga oshiriladi; zamonaviy xaritalash texnologiyalaridan foydalangan holda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish, uning o‘tkazilishini nazorat qilish, yakuniy natijalarni olish va taqdim etishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish orqali tadbir monitoring qilib boriladi; aholiga aholini ro‘yxatga olishning maqsadi va vazifalari axborot-tushuntirish ishlari orqali tanishtiriladi; ro‘yxatga olish varaqalari va boshqa hujjatlarni chop etilib, joylardagi mutaxassislarga etkaziladi; ro‘yxatga olish uchastkalarini bino, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlash ishlari tashkil etiladi; ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi vaqtinchalik xodimlarni o‘qitilib, ular zaruriy vositalar bilan ta’minlanadi; aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq boshqa ishlar olib boriladi. Ikkinchi bosqichda (10 kundan 60 kungacha bo‘lgan davr) bevosita aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish tadbiri materiallari qayta ishlash uchun ixtisoslashgan tuzilmalarga taqdim etiladi. Uchinchi bosqichda (2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan davr) quyidagilar amalga oshiriladi: aholini ro‘yxatga olish tadbirining birlamchi materiallari ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmalar tomonidan qabul qilib olinadi; aholini ro‘yxatga olish tadbiri materiallarini avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlanadi;

birlamchi ma’lumotlarni kiritish, kodlashtirish, nazorat va tahrir qilish ishlari amalga oshiriladi; aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha dastlabki natijalar olinadi; aholini ro‘yxatga olish tadbiri natijalarini e’lon qilish va ularni tarqatish ishlari amalga oshiriladi.

 

Соҳа учун масъул 13 та вазирлик ва идора ҳамда 223 нафар ҳоким ўринбосарлари бор.

Лекин таълим, тиббиёт, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларидаги ислоҳотларнинг жойлардаги ижросини таъминлашда камчиликлар йўқ эмас.

Масалан, мактабгача ва мактаб таълимида эришилган катта ўзгаришлар билан бир қаторда боғча билан мактаб, мактаб билан коллеж ва олийгоҳ ўртасида узвийлик етарли даражада эмас.

Маҳалла раиси мактабда тарбия ва давомат масалалари, ота-оналар билан ҳамкорлик қилиш билан қизиқмаса, туман ҳокимлари, ёшлар ва ижтимоий масалага масъул ўринбосарлари мактабда маънавият ва спорт тадбирларини ташкил этишга эътиборсиз бўлмоқда.

Шу боис, ўтган ҳафта мактабгача ва мактаб таълими вазирига янги ўринбосарлар тайинланди. Уларнинг олдига таълим, тарбия ва маънавият бўйича мактабларга янги муҳит олиб кириш вазифаси қўйилди.