Янгиликлар
2023-yil yakunlari boʻyicha yillik 1-kb shakli, 1-fx shakli hamda 1-mehnat shakli statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlariga hisobotlarini taqdim etishda uslubiy yordam berish maqsadida, Statistika agentligi tomonidan “On-line” muloqot tashkil etiladi.
“Оn-line” muloqotda 1-kb shakli, 1-fx shakli hamda 1-mehnat shakli hisobotlarining har bir boʻlimi, ulardagi koʻrsatkichlar boʻyicha savollarga javob beriladi.
O‘z navbatida, “On-line” muloqotlar "Zoom" platformasi orqali (https://us06web.zoom.us/j/82409693261?pwd=CeEHi9Zzb01aJ97v9n5AbpyqZ2eEf7.1) 2024-yilning 29-yanvaridan 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 11:30 ga qadar tashkil etiladi.
Eslatib oʻtamiz, 1- mehnat shakli statistika hisobotini taqdim etish muddati 2024-yilning 1-fevral sanasida hamda 1- kb shakli va 1- fx shakli statistika hisobotlarini taqdim etish muddati 2024-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.
❗️“On-line” muloqotlarda faol ishtirok eting! (https://us06web.zoom.us/j/82409693261?pwd=CeEHi9Zzb01aJ97v9n5AbpyqZ2eEf7.1)
Zoom ID: 824 0969 3261Kirish kodi: 485222

O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to’g‘risida”gi qonuni 2019 yil 21 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, 2020 yil 28 fevralda Senat tomonidan ma’qullangan hamda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2020 yil 16 mart kuni O‘RQ-611-son bilan qayd etilgan.
Aholini ro‘yxatga olish to’g‘risidagi qonun 5-bob, 31-moddadan iborat bo‘lib, har bir bob, har bir moddalarda aniq mezonlar belgilab berilgan. 1-bob: Umumiy qoidalar bo‘lib 11 moddadan, 2-bob: Aholini ro‘yxatga olish sohasini tartibga solish bo‘lib, 7 moddadan, 3-bob: Respondentlarning hamda ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari bo‘lib, 2 moddadan, 4-bob: Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘lib, 6 moddadan, 5-bob: Yakunlovchi qoidalar bo‘lib, 5 moddadan iboratdir. Masalan 1-bob 10-moddada “Aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiy bo‘lib, respondentning roziligisiz oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi” deb belgilangan, 2-bob 12-moddada “Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo’yicha respublika komissiyasi, aholini ro‘yxatga olish sohasida maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi” deb belgilangan. 3-bob 19-moddasida esa. Respondentlarning huquq va majburiyatlari Respondentlar: o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari nima maqsadda yig‘ilayotganligini, ushbu ma’lumotlardan kim va qanday tarzda foydalanishini bilish; o‘zi uchun to‘ldirilgan ro‘yxatga olish varaqlari bilan tanishib chiqish, ro‘yxatga olish varaqlariga kiritilgan shaxsga doir ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini aniqlashtirish; ro‘yxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomani ko‘rsatishini talab qilish, rad etilgan taqdirda esa — ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob bermaslik; ro‘yxatga olish varag‘ining shakliga binoan shaxsga doir ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish huquqiga ega. Respondentlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga monelik qilmasligi shart va shu bilan birgalikda manashu bob 20-moddasida.
Ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari Ro‘yxatga oluvchi xodimlar: ro‘yxatga olish varag‘iga binoan respondentlardan shaxsga doir ma’lumotlarni olish; aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni bajarganlik uchun mehnatiga haq olish huquqiga ega. Ro‘yxatga oluvchi xodimlar: shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishni boshlashdan oldin respondentga o‘z guvohnomasini ko‘rsatishi; o‘z vakolatlariga muvofiq ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarishi; shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida Aholini ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etishi, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi; shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi, ularning mazmunini oshkor qilmasligi shart.
"Янги Хўжаобод"да 2740 нафар аҳоли, 546 та хонадон мавжуд.
Вилоят раҳбари Шарофат ая Ҳайдарова хонадонига кириб, томорқадан фойдаланиш ҳолати билан танишди.
15 сотих ердан йилига 3 мартта ҳосил олаётган томорқа эгаси айни пайтда тўқсонбости экинлар парваришида ҳам маҳалладошларига ўрнак бўлмоқда.
Вилоят раҳбари бу каби тажрибаларни оммалаштириш лозимлигини таъкидлади.
Маълумот учун: Поп туманида 77 та маҳалла бор.
Жорий йил учун тасдиқланган иш режасига мувофиқ вилоятдаги барча ОАВ, журналист ва блогерлар учун навбатдаги пресс тур ўтказилди.
Бу гал танишув объекти Чуст туманида жойлашган “Siberian wellness Namangan” МЧЖ ҳорижий корхонаси бўлди.
Тадбир иштирокчилари дастлаб Варзик адирликлари ўрнида ташкил этилган интенсив боғда бўлдилар. Бу ерда дараҳтлар парвариши ҳақида батафсил маълумот олинди.
Шундан сўнг “Наманган” эркин иқтисодий зонаси”да мева концентрати ишлаб чиқариш лойиҳасини ўргандилар.
Таъкидлаш жоиз, ҳорижий корхона томонидан 405,5 гектар майдонда интенсив боғ ташкил этилган.
Бундан ташқари тўрт гектарда қайта ишлаш корхонаси фаолияти йўзлга қўйилди. Лойиҳанинг умумий қиймати 10,0 млн. АҚШ доллар бўлиб, тўғридан-тўғри хорижий инвестиция ҳисобланади. Айни пайтда йилига 3,5 минг тонна тайёр мева, 3,0 минг тонна мева шарбати ишлаб чиқарилмоқда.
Маълумот учун: лойиҳанинг 3-босқичда 1,0 млн. долларлик “Биологик фаол кўшимчалар” ишлаб чиқариш лойиҳаси амалга оширилиб, йиллик 2,0 млн. банка 120,0 млрд. сўмлик маҳсулотлар ишлаб чиқарилиб, 25 нафар доимий иш ўрни яратилиши режалаштирилмоқда.
Пресс тур якунида Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан журналист ва блогерлар билан мулоқот ташкил этилиб, оммавий ахборот воситалари ҳамда маҳаллий ҳокимликлар Ахборот хизматлари олдида турган долзарб вазифалар белгилаб олинди.
Бугун Поп тумани 1-сектор ҳудуди бўлган Келачи маҳалласида туман ҳокими, сектор раҳбари Аъзамжон Султановнинг навбатдаги сайёр қабули бўлиб ўтди.
Унда туман халқ таълими бўлими, маҳалладаги бешлик, тижорат банклари, Пенсия бўлими, ёшлар ишлари агентлиги, бандлик бўлими, тиббиёт бўлими ҳамда бириктирилган ишчи гуруҳи аъзолари иштирок этди.
Учрашув давомида маҳалла аҳолисининг мурожаатлари билан биргаликда таклиф ва ташаббуслари тингланди ва ижобий ечим учун ижрога қаратилди.
Унда:
Тиббий муолажа олиш учун амалий ёрдам, тадбиркорликни янада ривожлантириш учун кредит ажратиб берилиши, Йўл таъмири, Бандлик ва яна бир қатор масалалар кўриб чиқилди.
Билдирилган ҳар-бир мурожаат диққат билан тингланиб ижобий ечими учун жойнинг ўзида режа тузилди ва соҳага тегишлилиги бўйича мутасадди ташкилотлар раҳбарларига топшириқлар берилди.





















