Янгиликлар
Ўзбекистон Республикасининг референдуми тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни 2001 йил 30 август куни янги таҳрирда қабул қилинган
Ўзбекистон Республикасининг референдуми республика қонунларини ва бошқа қарорларни қабул қилиш мақсадида жамият ва давлат ҳаётининг энг муҳим масалалари юзасидан фуқароларнинг умумхалқ овоз беришидир. Референдум сайловлар билан бир қаторда халқ иродасининг бевосита ифодаси бўлиб, унда қабул қилинган қарорлар олий юридик кучга эга бўлади.
-Референдум сўзининг маъноси қандай?
— «Референдум» сўзининг маъноси давлат аҳамиятига эга бўлган муҳим масалалар бўйича ўтказиладиган ва баъзан қонунлар қабул қилиш учун асос бўлиб хизмат қиладиган умумхалқ сўрови, овоз бериш йўли билан халқ фикрини аниқлашдир,
Агар референдумда қабул қилинган қарорларда бошқача тартиб назарда тутилган бўлмаса, қарорлар фақат референдум йўли билан бекор қилиниши ёки ўзгартирилиши мумкин. Референдум Ўзбекистон Республикасининг бутун ҳудудида ўтказилади.
— Референдумда кимлар иштирок этади?
— Референдум ўтказиладиган кунга қадар ёки референдум кунида ўн саккиз ёшга тўлган Ўзбекистон Республикасининг ҳар бир фуқароси референдумда иштирок этиш ҳуқуқига эгадир. Ўзбекистон Республикаси ҳудудидан ташқарида истиқомат қилаётган ёки турган Ўзбекистон Республикасининг фуқароси референдумда иштирок этишга тўла ҳақлидир.
Суд томонидан муомалага лаёқатсиз, деб топилган фуқаролар, шунингдек, оғир ва ўта оғир жиноятлар содир этганлиги учун суд ҳукми билан озодликдан маҳрум қилиш тарзидаги жазони ижро этиш муассасаларида сақланаётган шахслар референдумда иштирок этиш ҳуқуқига эга эмас.
Келиб чиқиши, ижтимоий ва мулкий мавқеи, ирқий ва миллий мансублиги, жинси, маълумоти, тили, динга муносабати, машғулотининг тури ва хусусиятига қараб, фуқароларнинг референдумда қатнашиш ҳуқуқини бевосита ёки билвосита чеклаш ман этилади.
— Референдумда овоз бериш тартиби қандай?
— Референдумда овоз бериш бюллетени фуқаро томонидан яширин овоз бериш кабинаси ёки хонасида тўлдирилади. Овоз бериш бюллетенини тўлдириш вақтида овоз берувчидан бошқа шахсларнинг ҳозир бўлиши тақиқланади. Бюллетенни мустақил равишда тўлдириш имконига эга бўлмаган фуқаро ўз хоҳишига кўра, референдум ўтказувчи комиссия таркибига кирадиган шахслардан, кузатувчилардан бошқа бирон кишини кабина ёки хонага таклиф қилишга ҳақлидир.
Фуқаролар овоз бериш бюллетенида референдумга қўйилаётган масала бўйича ўзи овоз бераётган вариант рўпарасида, ўнг томонда жойлашган бўш квадратга кўрсатилган белгилардан бирини қўяди.
Тўлдирилган бюллетенни фуқаро овоз бериш қутисига ташлайди. Овоз бериш қутилари референдум ўтказувчи участка комиссияси аъзоларига ҳамда кузатувчиларга кўриниб туриши керак.
Бузиб қўйилган овоз бериш бюллетени фуқаронинг илтимосига кўра, янгиси билан алмаштирилиши мумкин. Бузиб қўйилган овоз бериш бюллетенлари ҳисобга олиниши, бекор қилиниши ва алоҳида сақланиши лозим.
Айрим фуқаролар соғлиғининг ҳолатига ёки бошқа сабаблар билан овоз бериш биносига кела олмаса, уларнинг илтимосига кўра, референдум ўтказувчи участка комиссияси овоз беришни ана шу фуқаро турган жой бўйича, кўчма овоз бериш қутиларидан фойдаланиб ташкил этади.
Референдум куни ўз яшаш жойида бўлолмайдиган фуқароларнинг овоз бериш тартиби қандай?
Референдум куни ўз яшаш жойида бўлиш имкониятига эга бўлмаган овоз берувчи муддатидан олдин овоз бериш ҳуқуқига эга.
Муддатидан олдин овоз бериш референдумга ўн кун қолганида бошланади ва референдумга уч кун қолганида тугалланади. Муддатидан олдин овоз беришни ўтказиш вақти Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси томонидан белгиланади ва фуқароларнинг, кузатувчиларнинг эътиборига оммавий ахборот воситалари орқали етказилади.
Овоз берувчи муддатидан олдин овоз беришни амалга ошириш учун референдум кунида бўла олмаслигининг сабаблари (таътил, хизмат сафари, хорижга чиқиш ва ҳоказо) кўрсатилган ариза асосида тегишли участка комиссиясидан референдумда овоз бериш бюллетенини олади.
Овоз берувчи референдумда овоз бериш бюллетенини олганлиги ҳақида тегишли участка комиссиясининг камида икки нафар аъзоси ҳозирлигида овоз берувчи фуқаролар рўйхатига имзо қўяди.
Референдумда овоз бериш бюллетени махсус жиҳозланган яширин овоз бериш кабинасида ёки хонасида овоз берувчи томонидан тўлдирилади.
Овоз берувчи қарор қабул қилади ва тўлдирилган референдумда овоз бериш бюллетенини ёпиқ конвертда қолдиради, конверт тегишли участка комиссиясининг сейфида сақланади. Конвертнинг елимланган жойига участка комиссиясининг икки нафар аъзосининг имзолари қўйилиб, улар комиссиянинг муҳри билан тасдиқланади.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi Pop tuman adliya bo'limiga 2023-yil 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.
- Bo'limga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) ko'rib chiqish natijalari bo'yicha:
Jumladan, tuman adliya bo'limiga 2023-yil uch oyi davomida jami 49 ta (shundan 6 ta Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo'llash amaliyotiga oid, 40 ta inson huquqlarini himoya qilishga oid hamda 3 ta boshqa sohaga oid) murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 40 tasi hal etilib, shundan 30 ta murojaat, ya'ni ularning 0,75 foizi qanoatlantirildi.
Xususan, Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi murojaatlarning 0,75 foizi (30 ta) vajlar o'z tasdig'ini topganligi sababli qanoatlantirildi.
Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida 6 ta taqdimnoma, sudlarga 2 588 808 768 so'mlik 21 ta ariza va da'vo arizalari, shuningdek tegishli idoralarga aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish bo'yicha 2 ta takliflar kiritildi.
Qo'llanilgan ta'sir choralari natijasida 2 955 188 mln. so'm pul mablag'lari qaytarildi.
Bo'lim tomonidan 2023-yil 1-choragi davomida 2 ta murojaat tegishligiga ko'ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborildi.
Kelib tushgan murojaatlarni 3 tasini ko'rib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, 16 tasi bevosita murojaat etgan fuqaro ishtirokida ko'rib chiqildi, shuningdek 4 tasi joyiga chiqib o'rganildi.

- “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha:
Namangan viloyat adliya boshqarmasining “Ishonch telefoni”ga (1008) Pop tumani bo'yicha 2023-yil birinchi choragi davomida murojaat kelib tushmagan.
III. Bo'lim xodimlari tomonidan o'tkazilgan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha:
Bo'lim xodimlari tomonidan tasdiqlangan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvaliga asosan hisobot davrida tumanning Jumladan, joriy yil davomida 15 marotaba sayyor qabul o'tkazilgan bo'lib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish hamda qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida bo'limga 2022-yil o`n ikki oyi davomida ko'p murojaatlar kelib tushgan MFYlarda hamda tuman tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarda sayyor qabullar tashkil etildi.
Jumladan, 1-chorakda Olmazor, Bodomzor, Obod, Xazratibob, Kelachi, A.Qaxor, Paxtakor, A.Navoiy, Ipak yo`li, Mustaqillik, X.Olimjon Iftixor, Yakkatut, Yuksalish, Nayman, Qo`shtepa, Chig`anoq, Kenagas, Navbaxor, Navro`z, Sohibkor, O`ltarma, Uyg`ur, Uch-uyli hamda Tuman mahalla fuqarolar yig`inlarida davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda sayyor qabullar tashkil etildi.
O'tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 135 nafar fuqarolarning murojaatlariga joyning o'zida huquqiy tushuntirishlar berilib, 34 nafar shaxsning murojaati bo'lim ish yurituviga olingan.
Ushbu murojaatlarning 31 tasi bo'lim xodimlari tomonidan o'rganib chiqilib, 25 tasi qanoatlantirilib, 6 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi.
Murojaatlar sohalar bo'yicha tahlil qilinganda ularning aksariyati ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarning to'lanishi, yoshga doir pensiya, mehnat qonunchiligi bilan bog'liq muammolar yuzasidan, kommunal soha, yo'l qurilishi, kadastr hujjatlarini tayyorlash, kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordam olish masalalari tashkil etiladi.
V.Tuman adliya bo'limiga kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo'yicha tahlil qilindi.
- Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 43 ta murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning 38 tasi hal etilgan bo'lib, 30 tasi qanoatlantirildi. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 75 foizni tashkil qiladi.
Murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo'yicha 21 ta ariza va da'vo ariza va 2 ta ma'muriy taklif, 6 ta taqdimnoma kiritildi.
Mazkur ta'sir choralarining natijalari yuzasidan 2 955 188 ming. so'm pul mablag'lari qaytarildi.
Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni quyidagi sohalarda ularning ko'pligini ko'rsatadi:
-mehnat nizolari yuzasidan 25 ta, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar yuzasidan 8 ta
-ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan 2 ta;
- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 2 ta
-uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 2 ta;
-kommunal to`lovlar yuzasidan 1 ta;
-soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 2 ta;
-yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta
- boshqa masalalar yuzasidan 14 ta.
Mehnat nizolari yuzasidan murojaatlarda oylik va unga tenglashtirilgan to'lovlarni o'z vaqtida to'lamaslik, mehnat shartnomasini ish beruvchi tomonidan noqonuniy bekor qilish holatlari, shuningdek, ish beruvchi tashabbusi bilan xodim roziligisiz uch yoshga to'lmagan farzandi bor ayollarni ishdan bo'shatish va ish haqidan asossiz ravishda ushlab qolish holatlari mavjudligi holatlari ko'rsatilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, kelgusida mazkur sohadagi murojaatlarni sonini yanada kamaytirish maqsadida:
- shikoyatlar ko'paygan sohalar va hududlarda manzilli huquqiy targ'ibot tadbirlarini kuchaytirish;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida jismoniy va yuridik shaxslarga tezkor xizmat ko'rsatish maqsadida “Onlayn maslahat” xizmatini ishga tushirish choralarini ko'rish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mavjud muammolarni bartaraf etish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini buzilishini oldini olish maqsadida hamda murojaatlarni ko'rib chiqishda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:
1.Murojaatlarni ko'rib chiqishda O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunshilik hujjatlari talablariga qat'iy rioya qilib borish;
2.Murojaatlarni har tomonlama va ob'ektiv ko'rib chiqilishiga alohida e'tibor qaratish, murojaatlarni ko'rib chiqish va mualliflarga asoslantirilgan javoblar berilishi ustidan doimiy nazorat o'rnatish;
3.Shikoyatlar ko'p tushayotgan sohalarda murojaatlar bilan ishlovchi xodimlar bilan murojaatlarni ko'rib chiqish sohasida amaldagi qonun hujjatlari yuzasidan o'quv-seminarlari o'tkazib borish;
4.Kelib tushgan murojaatlarning to'liq va sifatli hal etilishini ta'minlash maqsadida ularni joyiga chiqib o'rganish amaliyotini ko'chaytirish;
5.Bo'lim xodimlari tomonidan har chorakda shikoyatlar ko'paygan sohalar hamda hududlarni o'rganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga takliflar kiritish;
Pop tuman adliya
bo'limi bosh maslahatchisi A.Qodirov
(kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari)
Ctatistika organlariga (xar oyning yakuni bo‘yicha) taqdim etiladigan «Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida»gi 12-moliya shakli (oylik) davlat statistika hisobot shaklini, hisobot davridan keyingi oyning 18-sanasidan kechiktirmay, internet tarmog‘i vositasida, elektron shakldagi statistik hisobotlarni yig‘ishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi «eStat 4.0» dasturi orqali, elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.
Mazkur hisobot shaklini to‘ldirish va elektron shaklda taqdim etish bo‘yicha www.stat.uz; www.namstat.uz rasmiy caytlari yoki (69) 43-31-410 telefon raqamlari orqali batafsil tushuntirishlar olishingiz mumkin.
Pop tuman statistika bo‘limi.
Мулкчилик шаклидан қаъий назар, барча турдаги ҳисобот топширувчи хўжалик юритувчи субектларнинг фаолияти даврида хал этиш ва вужудга келадиган саволлар ечимини топиш, уларга тушунчалар хамда амалий ёрдам бериш мақсадида Поп туман статистика бўлимида хар ойнинг биринчи ва учинчи хафтасининг жума кунлари “ОЧИҚ ЭШИКЛАР КУНИ” ташкил этилган.
Поп туман статистика бўлими
Мулкчилик шаклидан қаъий назар, барча турдаги ҳисобот топширувчи хўжалик юритувчи субьектларнинг фаолияти даврида хал этиш ва вужудга келадиган саволлар ечимини топиш, уларга тушунчалар хамда амалий ёрдам бериш мақсадида Поп туман статистика бўлимида хар ойда бир маротаба “Семинар учрашувлар куни” ташкил этилган.
Поп туман статистика бўлими










